1

O`zbekistonning 5 hududida koronavirusga chalinganlar aniqlandi

Jamiyat 05.09.2020, 10:05
O`zbekistonning 5 hududida koronavirusga chalinganlar aniqlandi

2020 yil 5 sentyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43169 (+94) nafarni tashkil etmoqda.

 Yangi kasallanish holatlarining 59 nafari Toshkent shahrida, 18 nafari Toshkent viloyatida, 7 nafari Andijon viloyatida, yana 7 nafari Namangan viloyatida hamda 3 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 Ayni paytda yurtimizda 40432 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.

 Hozirda mamlakatimizda 2396 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 368 nafari og`ir, 179 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1