Toshkent shahar IIBB xodimlari psixotrop moddalarni noqonuniy saqlash faktlarni aniqlamoqda. Hususan, 2 sentyabr kuni Mirzo-Ulug`bek tumanida olib borilgan psixotrop moddalarni noqonuniy saqlanishi va savdosining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar daomida 36 yoshli Rovshan O. qo`lga olindi. Uning yonidan 7 ta tabletka “Tramadol” topilib, olib qo`yildi. Rovshanning ko`rsatmalari asosida 35 yoshli muqaddam sudlangan Nodirjon I. qo`lga olindi. Undan 49 ta konvalyuta (440 ta tabletka) “Tramadol” topildi. Nodirjonning ko`rsatmalari orqali 49 yoshli Saidxon K. qo`lga olinib, uning yonidan 36 konvalyuta (360 ta tabletka) “Tramadol” topildi. Mazkur fakt bo`yicha to`plangan hujjatlar Mirzo-Ulug`bek tumani IIO FMBga yo`naltirildi.






