Poytaxtning Uchtepa tumanidagi 81- sonli matematika faniga ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o`rta ta`lim maktabi 4“B”-sinf o`quvchisining otasi Qudratilla Toxtaxonov farzandi o`qiyotgan maktabga o`zi tashabbus bildirgan holda masofaviy harorat o`lchagich (teplovizor) sovg`a qilgani ana shunday mas`uliyatning bir ko`rinishi sifatida namoyon bo`ldi.
“Maktabimiz ota-onalari tomonidan oldimizda turgan mas`uliyatli o`quv yili oldidan ko`rsatilayotgan bunday e`tibor maktab jamoasini yanada ruhlantirdi. Davlatimiz tomonidan pandemiya sharoitida o`quvchilar xavfsizligi uchun zaruriy anjomlar bilan ta`minlanishi ma`lum qilingan bo`lsada, maktabimiz ota-onalari tomonidan farzandlarimizga shunday g`amxo`rlik ko`rsatilganini e`tirof etmaslikning iloji yo`q”,
— 81-sonli maktab direktori Ziyoda Haydarova.
Maktab rahbarining aytishicha, tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan biri maktabga beg`araz yordam sifatida zaruriy sanitariya-gigiena vositalarini ham sovg`a qilgan.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli negativ fikrlar fonida tashabbuskor, saxovatli insonlarimizning maktabga ko`rsatayotgan bu kabi g`amxo`rligi tahsinga sazovor albatta.
Bugungi sinovli kunlarda maktablarga ko`maklashish masalasini umummilliy harakatga aylantirsak, oldimizda turgan sinovlardan muvaffaqiyatli o`tamiz va albatta qo`yilgan maqsadlarga erishamiz.






