AsosiyJamiyat

Qo`shfamiliyali fuqarolarning farzandiga familiya qay tartibda berilishi ma`lum qilindi

'Qo`shfamiliyali fuqarolarning farzandiga familiya qay tartibda berilishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Kuni kecha O`zbekistonda nikohlanuvchilarga qo`shfamiliyalikka ruxsat etilgani haqidagi yangi tartib haqida xabar qilingan edi. Ayni paytda DXA qo`shfamiliyaga ega bo`lganlar farzandli bo`lgandan keyin farzandiga familiya berish tartibi qanday bo`ladi, degan savolga aniqlik kiritdi.  

Ma`lum bo`lishicha, Oila kodeksining 69-moddasiga asosan bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyalarda bo`lganda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi.  

Ota-onaning xohishiga ko`ra, bolaga ota yoki ona tomonidan milliy an`analarga ko`ra boboning ismi bo`yicha familiya berilishi mumkin.

Mavzuga doir:

DXAning “qo`shfamiliyalilik” tushunchasiga Adliya vazirining Matbuot kotibi qo`shimcha izoh berdi

    Boshqa yangiliklar