«Uzbekistan Airways» AJ 2020 yil 17 va 27 sentyabr kunlari Toshkent—Nyu-York—Toshkent yo`nalishi bo`yicha qatnovlarni amalga oshiradi, deya xabar bermoqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Parvozlar quyidagi ko`rsatilgan yo`nalishda amalga oshiriladi (mahalliy vaqt ko`rsatilgan):
Toshkent—Nyu-York, Toshkentdan ketish vaqti — soat 06:45, Nyu-Yorkka qo`nish vaqti — soat 10:55
Nyu-York—Toshkent, Nyu-Yorkdan ketish vaqti — soat 12:55, Toshkentga qo`nish vaqti — soat 09:55 +1.
Toshkent—Nyu-York qatnovlariga aviachiptalarni aviakompaniyaning «Uzbekistan Airways sales» filialida va rasmiy veb-saytida (shu jumladan, AO mobil ilovasi orqali) hamda «Uzbekistan Airways» tashuvlarini sotish agentliklari ofislaridan sotib olish mumkin.
Nyu-York—Toshkent yo`nalishi bo`yicha aviachiptalarni sotib olish uchun O`zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligiga murojaat etish lozim, deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq O`zbekiston 4 sentyabrdan 5 ta yo`nalish bo`yicha xalqaro aviavatnovlarni tiklashi haqida xabar qilingan edi.






