Sirtqi va kechki ta`limda o`qish uchun ro`yxatdan o`tish 15 sentyabrgacha uzaytirildi. Bu haqda oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar berdi.
Sirtqi va kechki ta`lim shaklida 5 yil ish stajiga ega bo`lgan shaxslargina o`qishlari mumkin. Shuning bilan birga shaxsiy pasport va umumiy o`rta yoki o`rta maxsus ta`limga oid hujjatlar, ishlayotgan tashkilot tavsiyanomasi ham taqdim etilishi kerak.
Talabalar belgilangan kvota asosida qabul qilinadi, fuqarolar suhbat natijalariga ko`ra, tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida o`qishga qabul qilinishi mumkin






