AsosiyJamiyat

O`zbekistonda birinchi bor sog`ayish ko`rsatkichi 94 foizga etdi

'O`zbekistonda birinchi bor sog`ayish ko`rsatkichi 94 foizga etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi  xabar berishicha, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 218 nafar, Toshkent viloyatida 95 nafar, Qashqadaryo viloyatida 10 nafar, Samarqand viloyatida 8 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar, Andijon viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 1 nafar, jami 342 nafar bemor tuzaldi.  

Shunday qilib, yurtimizda 40 774 (+342) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar darddan forig` bo`lib, mamlakatimizda pandemiya boshlangandan buyon birinchi bor sog`ayish ko`rsatkichi 94 foizga etdi.

Hozirda mamlakatimizda 2 176 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar