2020 yil 5 sentyabr soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43 293 (+124) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Toshkent viloyatida, 13 nafar Samarqand viloyatida, 1 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida tana harorati ko`tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 64 yoshli A.K. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 54 yoshli F.U. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.






