Virus blokatorlari qay darajada virusdan himoyalaydi? Bu haqdagi savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nargiza Nurullaeva AOKAda o`tgan brifingda javob berdi.
Virus blokatorlari bu Yaponiyada o`ylab topilgan individual beydjlar xisoblanadi.
Yaratuvchilar tasdiqlashicha blokatordagi xlor dioksidi kishilar atrofidagi havoni zararsizlantirib, bakteriya, virus va zamburug`lardan tozalaydi.
Ammo bu beydjiklar odamlar atrofidagi havoni haqiqatdan ham zararsizlantirishi to`g`risida ilmiy tasdiqlar mavjud emas. Ya`ni bu blokatorlarning haqiqatda odamni koronavirusdan asrashi ilmiy isbotlanmagan.






