1

Namangandagi maktabda ota-onalardan “Farzandim maktabda kovid yuqtirsa e`tirozim yo`q” degan kafolat xati olinyaptimi?

Jamiyat 06.09.2020, 13:32
Namangandagi maktabda ota-onalardan “Farzandim maktabda kovid yuqtirsa e`tirozim yo`q” degan kafolat xati olinyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farzandim maktabda kovid yuqtirsa e`tirozim yo`q” degan mazmunda kafolat xati olinyapti”.  mazmunidagi xabarlar tarqatildi.  

Ushbu xabarda qayd etilgan holatga aniqlik kiritish maqsadida Namangan viloyat xalq ta`limi boshqarmasi hamda shahar xalq ta`limi bo`limi tomonidan o`rganish o`tkazilgan.

Maktab xodimlari bilan yuqoridagi holat bo`yicha  suhbatlashib, o`rganish jarayonlarida ma`lum bo`lishicha, Namangan shahridagi 3-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori N. To`xtaboeva tomonidan viloyat xalq ta`limi boshqarmasi hamda  shahar xalq ta`limi bo`limi tomonidan bunday mazmundagi kafolat xati olinishi talab qilinmagan va bu haqda topshiriq ham berilmagan.

Shunday bo`lsa-da, uning rahbarligidagi ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari tomonidan tayyorlangan kafolat xati matni maktabning geografiya fani o`qituvchisi Azizaxon Ahmadjanova tomonidan maktab o`qituvchilari telegram guruhiga o`zgartirish kiritilgan holda muhokama qilish uchun yuborilgani, ushbu kafolat xati faqatgina maktab jamoasi orasida muhokama qilingan bo`lib, o`quvchilarning ota-onalaridan bunday mazmundagi kafolat xati olinmaganligi aniqlandi.

Yuqoridagi holat yuzasidan maktab direktori N. To`xtaboevaga ta`lim muassasasidagi direktor o`rinbosarlari hamda fan o`qituvchilari, sinf rahbarlari faoliyatlarini muvofiqlashtirib bormay, lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun viloyat xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`ining 2020 yil 4 sentyabrdagi 40-sonli buyrug`i bilan O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga binoan “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo`llanildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1