AsosiyJamiyat

Covid-19 tufayli parvozlar yo`qligi sababli, viza yoki ID-kartadagi muddat tugagandan so`ng ketolmayotganlar diqqatiga!

'Covid-19 tufayli parvozlar yo`qligi sababli, viza yoki ID-kartadagi muddat tugagandan so`ng ketolmayotganlar diqqatiga!'ning rasmi

Avvalroq, Migrasiya idorasiga murojaat qilib, qolish muddatini 1 oyga yoki undan ko`proq muddatga uzaytirish mumkin  edi (bron qilingan chiptadagi uchish sanasiga qarab).

1 sentyabrdan boshlab mamlakatni tark etish uchun qolish muddatining uzaytirilishi faqat onlayn rejimida bo`ladi, deya xabar qilmoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi.

Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida va tashrif buyuruvchilarning iltimoslarini inobatga olgan holda 1-8 sentyabr kunlari migrasiya idorasiga borib arizalarni qabul qilishga ruxsat beriladi.

9 sentyabrdan arizalar FAQAT ONLAYN tarzda qabul qilinadi. Qolish davrini uzaytirishning maksimal muddati 60 kungachadir.

 

    Boshqa yangiliklar