1

Qashqadaryoda abiturientlar boshqa hududlarga nisbatan yuqori ball to`pladi. 4-5 sentyabr kunlari statistikasi

Jamiyat 07.09.2020, 07:57
Qashqadaryoda abiturientlar boshqa hududlarga nisbatan yuqori ball to`pladi. 4-5 sentyabr kunlari statistikasi

Kecha bo`lib o`tgan brifingda 4 sentyabr va 5 sentyabr kunlari bo`lib o`tgan test sinovlari to`g`risida ma`lumot berildi. 

Ma`lum bo`lishicha, Respublikadagi 64 ta ob`ektda (47 ta stadion va 17 ta xiyobonda) test sinovlari 1-smenada soat 08.00 da boshlanib, 11.00 da tugadi va 2-smenada 17.00 da boshlanib, 20.00 da tugadi.

Test sinovlarida bir kunda ishtirok etishi rejalashtirilgan 117 000 nafar abiturientdan 111 280 nafari yoki 95,1% qatnashdi.

10 nafar abiturientning tana harorati 37°C dan yuqori bo`lganligi sababli, ularga ishtirok etishga ruxsat berilmadi.

Jami 5 574 nafar abiturient test sinoviga kelmadi.

61 (+4) nafar abiturient hududga kirish joyida: 49 (+6) nafari telefon, 8 (+1) nafari shpargalka, 4 (+1) nafari boshqa abiturient o`rniga kirmoqchi bo`lgani uchun kiritilmadi.

Imtihon jarayonida tartib-qoidalarni buzganligi sababli 75 (+3) nafar abiturient chetlatildi.

Eng ko`p holat Qashqadaryo viloyatida aniqlanib, 15 (+11) nafari telefon va elektron qurilmalar, 2 nafari test materiallarini olib chiqishga uringanligi uchun chetlatildi.

4 sentyabrdagi test sinovi natijalarining tahlili, ayrim hududlardagi abiturientlar nisbatan yuqori ball to`plaganini ko`rsatdi.

Jumladan:

* Qashqadaryo viloyatida 10 470 ta abiturientdan 156 nafari yoki 1,5%;

* Qoraqalpog`iston Respublikasida 5 889 ta abiturientdan 76 nafari yoki 1,3%;

* Toshkent shahrida 18 706 ta abiturientdan 126 nafari yoki 0,7%;

* Xorazm viloyatida 6 970 ta abiturientdan  100 nafari yoki 1,4% – 162,5 ball yoki 86%dan yuqori to`plagan.

Videokuzatuv shtablarida Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya operativ xodimlari ishtirok etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1