1

O`zbekistonda 13 sentyabrda test sinovlari tugatiladi, 17 sentyabrda esa...

Jamiyat 07.09.2020, 09:10
O`zbekistonda 13 sentyabrda test sinovlari tugatiladi, 17 sentyabrda esa...

Kecha, AOKAda DTM mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o`tkazildi. 

Unda DTM bosh boshqarma boshlig`i Barno Rajabov O`zbekistonda kirish imtihonlari yakunlanishi bilan bog`liq ma`lumotlarni taqdim etdi.  

«Respublika bo`ylab 13 sentyabrda hamma imtihonlar tugatiladi. Ayrim hududlarda barvaqtroq tugaydi. Masalan, Farg`onada 11 sentyabr kuni 1-smenada test sinovi tugatiladi.  

17 sentyabr kuni tana harorati baland bo`lib test sinovlariga kirolmagan abiturientlar uchun test o`tkaziladi.  

24 sentyabrgacha bo`lgan muddatda esa tanlovlar natijalari to`liq e`lon qilish rejalashtirilyapti.

Appelyasiya shikoyati muddati bo`yicha ma`lum qilinadi. Appelyasiya onlayn rejimda olinadi», — dedi Barno Rajabov, . 

Shuningdek, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanib imtihonga qatnasholmagan abiturientlar DTMga ariza bilan murojaat qilishlari kerak bo`ladi.

"DTM markazi Davlat komissiyasiga takliflar kiritadi. Va ular ham test imtihonlariga qatnashishlari masalalari ko`rib chiqiladi»,  - dedi DTM bosh boshqarma boshlig`i. 

Bundan tashqari, ma`lum qilinishicha, Davlat komissiyasining 3-bayoniga muvofiq, o`zi yoki birov yordamida ro`yxatdan o`tgan, lekin bilmay ro`yxatdan o`tganini o`chirvorgan abiturientlar uchun test sinovlariga kirish imkoniyati yaratiladi.

13 sentyabr yoki oxirgi imtihon kunlarida bu abiturientlarga imtihonlarga qatnashishlari bo`yicha ma`lumot yuboriladi», — Barno Rajabov, DTM bosh boshqarma boshlig`i. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1