1

Hafta davomida ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

Jamiyat 07.09.2020, 13:46
Hafta davomida ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

Kecha mamlakatimiz aholisi kuz kirib kelganini his qildi – O`zbekistonga Volgabo`yi hududidan salqin havo oqimi kirdi va kunduzgi harorat 4-6 darajaga pasayib, 26-28 daraja issiqni tashkil qildi.  

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining ma`lum qilishicha, bugun kechasi va ertalab sovuq antisiklonning ta`siri  sezildi – kechasi havo harorati pasayib 10-13 daraja bo`ldi, bugun kunduzi esa 25-30 darajagacha isiydi.

Ikki kun davomida respublikamiz hududi antisiklon ta`sirida bo`ladi, haftaning ikkinchi yarmidagina havo isiy boshlaydi. Kechasi harorat 12-17 daraja, 8-9 sentyabrda kunduzi 25-30 daraja, 10-12 sentyabrda 27-32 darajani tashkil qiladi. Bunday haroratlar oyning shu davri uchun xos bo`lgan iqlimiy me`yordan 3-6 darajaga pastdir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1