1

Qashqadaryolik qizga fotomodel qilishni va`da berib Buxoroga olib borib, uni chuv tushirgan "taniqli jurnal fotosuratchisi" Toshkentda qo`lga olindi

Jamiyat 07.09.2020, 14:18
Qashqadaryolik qizga fotomodel qilishni va`da berib Buxoroga olib borib, uni chuv tushirgan  "taniqli jurnal fotosuratchisi" Toshkentda qo`lga olindi

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati qiz bolani aldab, uni chuv tushurgan firibgar haqida xabar qildi.

Ma`lum bo`lishicha, 2020 yilning 27 avgust kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani M.Gandi ko`chasi 10/27-uyda yashovchi, 1989 yilda tug`ilgan N.F., Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Sohibkor ko`chasi 17-uyda yashovchi, 1989 yilda tug`ilgan T.S.ning ishonchiga kiradi. 

O`zini taniqli jurnal fotosuratchisi sifatida tanishtirib, uni qadimiy obidalar oldida suratga tushirish maqsadida Buxoro shahriga olib kelib, fotosuratlarini jurnalning bosh sahifasiga chiqarib uni fotomodel sifatida mashhur qilishini aytadi. Jurnalning har bir sahifasi uchun qizga 850.000 so`mdan to`lov to`lashga kelishib, jabrlanuvchi T.S.dan mehmonxona xarajatlari uchun 650.000 so`m naqd pullarini aldov yo`li bilan olib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Ushbu holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, 2-sonli Ichki ishlar bo`limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan muqaddam xuddi shu kabi jinoyatni sodir etganligi uchun sudlanib, javobgarlikka tortilgan F.N. ga  nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1