AsosiyJamiyat

Buxoroda Koronavirusga chalingan fuqaroga kompensasiya puli tayinlatib berish evaziga 200 AQSh dollari talab qilgan firibgar ushlandi

'Buxoroda Koronavirusga chalingan fuqaroga kompensasiya puli tayinlatib berish evaziga 200 AQSh dollari talab qilgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G.T. fuqaro Z.F.ning ishonchiga kirib, o`zini yuqori turuvchi davlat tashkilotida ishlashini aytib, undan koronavirus infeksiyasiga chalingan opasi G.F.ga tanishlari orqali 40 mln so`m kompensasiya puli tayinlatib berish evaziga 200 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.  Bu haqda "Darakchi"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar qildi. 

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda, G.T. fuqaro U.dan 2 000 AQSh dollari va fuqaro M.dan 750 AQSh dollarini olib, ularni “Lukoyl” kompaniyasiga ishga joylashtirishni va`da qilib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan G.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar