1

Sirdaryoda tezlikni oshirgan haydovchi YTHga uchrab, vafot etdi

Jamiyat 07.09.2020, 16:02
Sirdaryoda tezlikni oshirgan haydovchi YTHga uchrab, vafot etdi

 7 sentyabr kuni soat 00:50 larda, Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani IIB navbatchilik qismiga tushgan xabarga ko`ra, Mirzaobod tumani, Mirzacho`l MFY hududidan o`tuvchi 4R-18A avtomobil yo`lining 1-kilometrida haydovchi, 1994 yilda tug`ilgan T.M. “Neksiya-3” rusumli avtomobilda, tezlikni me`yoridan oshirgan holda harakatlanayotib, yo`lning burilish joyida boshqaruvni yo`qotib, beton to`siqqa urilgan va ag`darilgan.

Natijada, "Neksiya-3" avtomobili haydovchisi, 26 yoshli T.M. og`ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1