1

Mutaxassisis dezinfeksion tunnellarni umuman foydasi bo`lmadi, deb baholash xato fikr ekanini ta`kidladi

Jamiyat 07.09.2020, 17:18
Mutaxassisis dezinfeksion tunnellarni umuman foydasi bo`lmadi, deb baholash xato fikr ekanini ta`kidladi

Bugun Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Rustam Ikromov AOKAda o`tkazilgan brifingda aholidan tushgan savollarga javob qaytardi.

 Ikromovning qayd etishicha, bugungi kunda kuniga 30 mingdan 40 mingtaga test tahlili o`tkazilyapti. Shundan 200-250 tagacha holatda musbat natija aniqlanyapti.

Mutaxassisis, shuningdek, dezinfeksion tunnellarni umuman foydasi bo`lmadi, deb baholash xato fikr ekanini ta`kidladi.

Birgina o`tkir ichak yuqumli kasalliklarini 2019 yil 6 oyligiga nisbatan, joriy yil shu davrida 61 foizga kamayganligi, virusli gepatit “A” turi 76 foizga kamayganligini o`zi ushbu dezinfeksiya choralarini yuqumli kasalliklarning tarqalishida o`rin tutganligini bildiradi.

️Ikromovning qo`shimcha qilishicha, bugungi kunga qadar dezinfeksiya tunnellarini koronavirusga qarshi ta`sir samarasi qaysidir mamlakat tomonidan o`rganilganligi to`g`risida rasmiy maqolalar chop etilmagan. 

Eslatib o`tamiz, Respublika  ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Raziqova bunday tunnellaring inson organizmiga zararli tomonlari haqida so`zlab bergan edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1