1

G`uzorlik hamshiralarga nega bir martalik rag`bat puli to`liq berilmaganligi izohlab berildi

Jamiyat 07.09.2020, 17:30
G`uzorlik hamshiralarga nega bir martalik rag`bat puli to`liq berilmaganligi izohlab berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilingan “Tez yordam hamshiralari: bir martalik mukofot puli nega to`liq berilmadi?” sarlavhali xabarda G`uzor tumani tez tibbiy yordam bo`limi hamshiralari Qurbon hayiti munosabati bilan beriladigan bir martalik rag`bat pulini to`liq olmaganliklarini qayd etishgan edi. 

Mazkur murojaat bo`yicha Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati quyidagilarni ma`lum qildi. 

" - Vazirlar Mahkamasining shu yil 30 iyuldagi 458-son qarori bilan, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashga jalb etilgan tez tibbiy yordam xodimlari (vrachlar, o`rta tibbiyot xodimlari va haydovchilar) Qurbon hayiti munosabati bilan bir martalik moddiy rag`batlantirilgan edi.  

Bir martalik rag`batlantirish adolat nuqtai nazardan to`g`ri bo`lsin deb, u stavkadan kelib chiqib berilgan.

Sog`liqni saqlash vazirligining 2020 yil 4 avgustdagi tegishli ko`rsatma xatiga asosan vrachlarga 1 stavka uchun 5 million, 0,75 stavka uchun  3 million 750 ming, 0,5 stavka uchun 2 million 500 ming so`m, o`rta tibbiyot xodimlari, xususan, tez yordam hamshiralariga navbatchilik soatlarini hisoblagan holda 1 stavka uchun 4 million, 0,75 stavka uchun 3 million so`m, 0,5 stavka uchun 2 million so`m, 0,25 stavka uchun 1 million so`mdan rag`bat to`lovlari amalga oshirilgan.

Bu borada tez yordam hamshiralariga yana bir marta tushuntirish berildi," - deyiladi axborot xizmati munosabatida.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1