1

Deputat nega o`qituvchilar dizinfeksiya va antiseptiklar olish yoki topishga majburlanayotganligiga izoh so`ramoqda

Jamiyat 07.09.2020, 17:56
Deputat nega o`qituvchilar dizinfeksiya va antiseptiklar olish yoki topishga majburlanayotganligiga izoh so`ramoqda

Oliy Majlis quyi palatasining deputati Rasul Kusherbaev o`zining telegramdagi kanali orqali bir necha kundan buyon o`qituvchilarning maktablarga dizinfeksiya va antiseptik vositalar olish yoki bunga homiylar topish masalasi ularga majburiy yuklatilayotgani haqida murojaatlar bo`layotganligini aytmoqda.  

Uning aytishicha, o`qituvchilar bilan bog`liq bunday muammolar bir hududda emas, deyarli barcha viloyatlarda uchramoqda.

Xalq vakili "o`qituvchilarni majburiy mehnatdan xalos qilganmiz, deb quvonib yurganimizda majburiylikning boshqacha ko`rinishiga o`tilayaptimi?", degan savolni o`rtaga tashlagan.

Xalq ta`limi vazirligi va viloyat hokimliklaridan bu "innovasion tadbirga" asoslantirilgan tushuntirish berishlarini so`ragan.

Eslatib o`tamiz, Xalq ta`limi vaziriligining Matbuot kotibi maktablarga dezinfeksiya vositalari mahalliy hokimliklar tomonidan etkazib beriladi, o`qituvchilar tomonidan emas, degan bayonot bilan chiqish qilgan edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1