1

Koronavirusning tarqalish darajasi havo haroratiga bog`liq emas — SEOA direktori

Jamiyat 07.09.2020, 19:07
Koronavirusning tarqalish darajasi havo haroratiga bog`liq emas — SEOA direktori

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliev koronavirusning tarqalishi havo harorati bilan qanchalik bog`liq ekanligi to`g`risidagi savolga javob berdi:

«O`zbekistonda harorat yuqori paytda koronavirusni yuqtirish darajasi pasaymadi, aksincha iyulning oxiri, avgust oyi boshlarida  kasallanish holatlari, jumladan, kasallikning og`ir formasiga chalinish holatlari ko`paydi. Stasionarlarga bo`lgan bosim oshdi. Virusning tarqalish darajasi havo harorati bilan bog`liq, deya olmayman.

Hozir biz kasallikning cho`qqisidan o`tdik, vaziyat barqarorlashdi. Ammo bu kasallikning kuz-qish mavsumidagi o`tkir respirator infeksiyalar bilan bog`liq navbatdagi to`lqini bo`lmaydi degani emas. Shunday ekan, biz pandemiya bilan kurashga tayyorgarlikni oshirishda davom etamiz».

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1