AsosiyJamiyat

Abdulla Aripov Tojikistonga boradi

'Abdulla Aripov Tojikistonga boradi'ning rasmi

O`zbekiston bosh vaziri O`zbekiston hukumati mablag`lari hisobiga qurilgan va jihozlangan umumta`lim maktabining ochilish marosimiga keladi, deb xabar berdi kun.uz, «Aziya-Plyus»ga So`g`d viloyati rahbari ma`muriyatidagi manbaga asoslanib.

So`g`d viloyati Spitamen tumanida 640 o`quvchiga mo`ljallangan maktab qurildi. Uni qurish to`g`risidagi bitim O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil mart oyida Tojikistonga davlat tashrifi chog`ida imzolangan.

Tantanali marosim sanasi diplomatik kanallar orqali tasdiqlanadi.

So`g`d viloyati Spitamen tumanida maktab qurilishidan tashqari, O`zbekiston tomoni Xatlon viloyati Kubodiyon tumanida 200 o`rinli shifoxona ham qurmoqda.

Tojikiston Samarqand shahrida 640 o`quvchiga mo`ljallangan maktab qurilishi to`g`risida ma`lum qilgandi. Shuningdek, tojik tomoni Farg`ona viloyatining Rishton tumanida bitta maktabgacha ta`lim muassasasini qurmoqchi.

    Boshqa yangiliklar