AsosiyJamiyat

Namanganda yangi tuman tashkil etiladi -- Davlatobod

'Namanganda yangi tuman tashkil etiladi -- Davlatobod'ning rasmi

Bugun 8 sentyabr kuni Parlament quyi palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. Unda deputatlar “Namangan viloyati Namangan shahar tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish to`g`risida”gi masalani ko`rib chiqdi. Bu haqda Quyi palata axborot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Davlatobod tumani tarkibiga Namangan shahrining «Yuksalish», «Navro`z», «Nurobod», «Gulshan», «Orzu», «Porloq», «Navbahor», «Mustaqillik», «To`quvchi», «Umid», «Yangi tong», «Xalqlar do`stligi», «Davlatobod», Quyi G`irvon», «Yuqori G`irvon», «O`rta G`irvon», «Bog`», «Elobod», «Gulobod», «Irvadon», «Shishaki», «Quyi Rovuston», «O`rta Rovuston», «Yuqori Rovuston» va «Elxon» mahalla fuqarolar yig`inlarining hududlari o`tkazilishi nazarda tutilmoqda.

Deputatlarning ta`kidlashicha, bu o`zgarishlar hududda yangi infratuzilma ob`ektlari barpo etilishi hamda aholiga xizmat ko`rsatish tizimining yanada yaxshilinishga xizmat qiladi.

Eslatib o`tamiz, davlat rahbari Shavkat Mirziyoev 2020 yil 26-27 iyun kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida ushbu masala ko`tarilgan edi. 

    Boshqa yangiliklar