O`zbekistonda Qurilishda nazorat tizimi joriy etilmoqda. Bu tizim avvalo Toshkent shahri va Toshkent viloyatida test tariqasida ishga tushirildi.
Bugungi kunda Toshkent shahri Qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasida ro`yxatdan o`tgan 1341 qurilish ob`ekti “Qurilishdagi nazorat” tizimiga kiritilib, inspektorlar tomonidan nazorat ishlari bir vaqtda an`anaviy tarzda va tizim orqali test tariqasida amalga oshirilmoqda. Bu haqda Qurilishi vazirligi Axborot xizmati "Darakchi"ga xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Inspeksiya tomonidan 25 planshet xarid qilinib, nazorat ishlariga 25 inspektor jalb etilgan.
Toshkent viloyati Qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasida ro`yxatdan o`tgan 1697 qurilish ob`ekti “Qurilishdagi nazorat” tizimiga kiritilib, inspektorlar tomonidan nazorat ishlari bir vaqtda ananaviy tarzda va tizim orqali test tariqasida amalga oshirilmoqda.
Inspeksiya tomonidan 20 planshet xarid qilinib, nazorat ishlariga 20 inspektor jalb etilgan.
Qurilishdagi nazorat tizimini Respublika miqiyosida joriy etish bo`yicha Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasining 2020 yil 5 avgustida
8-son buyrug`i qabul qilindi.
Mazkur buyruqqa asosan 7-14 sentyabr kunlari Qurilish vazirligida Respublika o`quv-amaliy seminari o`tkazilmoqda. “Shaffof qurilish” Milliy axborot tizimidagi “Qurilishdagi nazorat” quyi tizimdan foydalanishni o`rganish va o`z hududlarida ushbu tizimni 2020 yil yakunigacha to`liq amaliyotga tatbiq etish uchun, qurilish-montaj ishlari ustidan nazorat va buyurtmachilar bilan ishlash bo`limlaridan bittadan hamda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish bo`yicha mutaxassislar jami 48 xodim ishtirok etmoqda.
Mazkur o`quv-amaliy seminarda qurilish ob`ektlarini tizimga kiritish, tizim orqali nazorat ishlarini olib borish va tizimda hisobotlarni shakllantirish mavzulari yoritiladi.
Hududlardan tashrif buyurgan inspektorlar Toshkent shahri hududiy inspeksiyasi inspektorlari bilan birgalikda 6 kun mobaynida Toshkent shahridagi qurilish ob`ektlarida tizimdan foydalanish amaliyotini o`tkazishadi.
Buyurtmachilar bilan ishlash bo`limi hamda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish bo`yicha mutaxassislar vazirlik binosida 6 kun mobaynida tizimga ro`yxatdan o`tgan ob`ektlarni kiritish, buyurtmachilarning texnik nazorati, loyihachilarning mualliflik nazorati va pudratchilarning ichki nazorati xodimlariga shaxsiy kabinetlar ochish amaliyotini o`tkazishadi.
O`z navbatida seminar ishtirokchilari tizimdan foydalanish amaliyotini oktyabr oyi yakuniga qadar hududiy nazorat inspeksiyalariga tatbiq etishadi.
Oktyabr – noyabr oylarida Qurilish vazirligi, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyalari, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari va hududiy nazorat inspeksiyalari birgalikda joylarda Qurilishdagi nazorat tizimidan foydalanish bo`yicha o`quv seminarlarini o`tkazish rejalashtirilgan.






