Avvalroq Samarqand shahrida yashovchi Mustahkam ismli ayolning doimiy ravishda turmush o`rtog`i tomonidan kaltaklanib kelishi haqida xabar berilgandi. Ushbu holat jamoatchilik tomonidan keskin muhokama qilindi.
Senat ma`lum qilishicha, Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi tomonidan mazkur holat nazoratga olingan. Tegishli idoralarga ushbu masala qonuniy ko`rib chiqilishi yuzasidan ko`rsatmalar berilgan.
"Hozirda Samarqand shahar IIB tomonidan ayolga himoya orderi berilgan va maxsus markazga farzandlari bilan birga joylashtirilgan. Markazda malakali psixologlar jalb qilinib, psixologik yordam berilayapti, shuningdek, ayol to`liq tibbiy ko`rikdan ham o`tkazilgan. Barcha zarur dori vositalari olib berilib, sog`lig`ini tiklashi uchun yordam ko`rsatilmoqda. Hozirgi kunda jabrlanuvchi mazkur maxsus markazda 2 nafar farzandi bilan yashab kelmoqda.
Hozirda uning turmush o`rtog`i Sh. ga nisbatan Samarqand shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda" deyiladi Senat xabarida.






