Joriy yilning 8 sentyabr kuni soat 15:10 larda, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o`tgan M 39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo`lining 83-kilometrida harakatlanayotgan haydovchi A.E. boshqaruvidagi “Kamaz 61117” rusumli yuk transport vositasining yukxonasida yong`in yuzaga kelgan.
IIV YHXBB Axborot xizmati bergan xabarga ko`ra, yong`in natijasida tan jarohati olganlar yo`q. O`t o`chiruvchilar tomonidan yong`in barataraf etilgan. Haydovchi avtomobilning yukxonasida "hojatxona qog`ozi" olib ketayotganligi ma`lum bo`lgan.
Mazkur yong`in yuzasidan Sirdaryo tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, sabablariga aniqlik kiritilmoqda.






