AsosiyJamiyat

“O`zmetkombinat” AJ boshqaruvi raisi Sergey Vyunenko koronavirusdan vafot etdi

'“O`zmetkombinat” AJ boshqaruvi raisi Sergey Vyunenko koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

“O`zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sergey Anatolevich VYuNENKO koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi ma`lum qildi.

Sergey Anatolevich 1978 yilda Qozog`istonning Pavlodar shahrida tug`ilgan. Evroosiyo Innovasion universitetini tamomlagan. Butun umrini metallurgiya sanoatiga bag`ishladi.  

Mehnat faoliyatini 1998 yilda “Qozog`iston alyumin” aksiyadorlik jamiyatida quvurlar montajchisi vazifasidan boshlagan. Keyinchalik yirik metallurgiya korxonalarida turli mas`ul lavozimlarda mehnat qilgan.

Sergey Anatolevich metallurglarning farovonligi va turmush darajasini oshirishga alohida e`tibor qaratar edi. Sergey Anatolevich Vyunenko vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga va mehnat jamoasiga hamdardlik bildiramiz.

 

    Boshqa yangiliklar