AsosiyJamiyat

Maxsus poezd orqali Samaradan mingga yaqin yurtdoshimiz O`zbekistonga olib kelindi

'Maxsus poezd orqali Samaradan mingga yaqin yurtdoshimiz O`zbekistonga olib kelindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati ma`lum qilishicha, maxsus poezd reysi orqali Samaradan mingga yaqin yurtdoshimiz olib kelindi

Respublika maxsus komissiyasi O`zbekiston fuqarolarini Rossiya Federasiyasining Samara viloyatidan olib kelish uchun “Toshkent – Kinel –Toshkent” temir yo`l reysini tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilgan edi.

Rossiya va Qozog`iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 6 sentyabr kuni “O`zbekiston temir yo`llari” AJ poezdi 952 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Kinel” stansiyasidan O`zbekistonga jo`nagandi.

Mazkur poezd ayni damda Toshkent shahriga etib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga etkaziladi.

    Boshqa yangiliklar