AsosiyJamiyat

Ikki hududda yana 137 holatda virus aniqlandi

'Ikki hududda yana 137 holatda virus aniqlandi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qilishicha 2020 yil 8 sentyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 44 418 (+137) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 83 nafari Toshkent viloyatida, 54 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Chilonzor tumanida yashagan 78 yoshli X.A. (ayol) hamda Yunusobod tumanida yashagan 68 yoshli A.K. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 181 nafar, Toshkent viloyatida 97 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Namangan viloyatida 6 nafar hamda Surxondaryo viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 41 898 (+304) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 160 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar