AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura boshqarma boshlig`i Hamza Fayziev koronavirusdan vafot etdi

'Bosh prokuratura boshqarma boshlig`i Hamza Fayziev koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig`i Hamza Fayziev koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi. Bu xabarni "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati tasdiqladi.

H.Fayziev fidoyi xodim sifatida tilga tushgan prokurorlardan edi. Tizimning eng quyi pog`onasidan to markaziy mahkamasigacha bo`lgan mashaqqatli yo`lni matonat bilan bosib o`tgani e`tirof etiladi.

E`tiborlisi, u shu yilning 26 avgust kuni Oliy sudda 17 nafar ayolning ishi ko`rilgan jarayonda faol ishtirok etib, ularning aybini engillatish bo`yicha prokuror xulosalarini bergandi, deyiladi ma`lumotlarda.

    Boshqa yangiliklar