AsosiyJamiyat

Senator, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Sharap Usnatdinov vafot etdi

'Senator, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Sharap Usnatdinov vafot etdi'ning rasmi

Oliy Majlis Senati a`zosi, Qoraqalpog`iston xalq yozuvchisi, fidoyi jurnalist, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Sharap Usnatdinov 78 yoshida vafot etdi.  Bu haqda Xalq so`zi yozmoqda. 

Jurnalist, siyosatchi Sh.Usnatdinov 1942 yil Kegeyli tumanida tug`ilgan. Marhum Nuroniy jamg`armasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Kengashi raisi sifatida uzoq yillar mamlakatimizning rivojiga o`z hissasini qo`shgan inson. Toshkent davlat universitetining (hozirgi O`zMU) jurnalistika fakultetini tugatgan yozuvchi, jamoat arbobi xalqimizga «Kimga kech, kimga tong sahar», «So`nggi ovchi», «Ko`rganlarim, ko`ngildagilarim», «Birinchi qoraqalpoq baletmeysteri», «Shoirning yoshligi» kabi roman va qissalarini meros qilib qoldirdi. 

Oliy Majlis Senati marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etadi.

    Boshqa yangiliklar