AsosiyJamiyat

Topib olingan yoki tashlab ketilgan bolalarni tug`ilishini qayd etish tartibi ma`lum qilindi

'Topib olingan yoki tashlab ketilgan bolalarni tug`ilishini qayd etish tartibi ma`lum qilindi'ning rasmi

AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda Davlat xizmatlari agentligi matbuot kotibi Sevara Zokirova  aholi murojaati va savollariga javob qaytardi.

Xususan, topib olingan (tashlab ketilgan) bolalarni tug`ilishini qayd etish tartibi qandayligiga aniqlik kiritildi,

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga asosan topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug`ilganligini qayd etish ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashgan muassasa ma`muriyati yoki tibbiyot muassasasining arizasiga binoan amalga oshiriladi.

Bolani topib olgan shaxs bu haqda yigirma to`rt soat mobaynida ushbu tumandagi ichki ishlar organiga yoki vasiylik va homiylik organiga xabar berishi kerak.

Ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashgan muassasa yoki tibbiyot muassasasi ma`muriyati bola topilganidan keyin etti ish kunidan kechikmagan muddatda FHDYo organlariga topib olingan (tashlab ketilgan) bolani qayd etish haqida murojaat etishlari shart.  

Topib olingan (tashlab ketilgan) bola tug`ilganligini qayd etish haqidagi ariza bilan bir paytda:

* ichki ishlar organi yoki vasiylik va homiylik organining bolaning topib olingan vaqti, joyi va topib olingan paytdagi holati to`g`risida bola topib olingan vaqtda tuzilgan dalolatnomasi;

* tibbiy muassasaning topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning yoshi, jinsi, vazni va bo`yi haqidagi ma`lumotnomasi (xulosasi) taqdim etilishi zarur,

-deya javob berdi mutaxassis.

    Boshqa yangiliklar