Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman bo`limi tomonidan DXX va IIV bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.G. chet el valyutasining qalbaki ekanligini oldindan bila turib, o`tkazish maqsadini ko`zlab, fuqaro M.ga qalbaki 400 AQSh dollarini 2,5 mln so`mga sotayotgan vaqtida ushlanib, qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan E.G. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






