Joriy yilning 9 sentyabr kuni soat 13:25 larda, Farg`ona viloyati, Oltiariq tumani, Yuksalish MFY, Islomobod ko`chasida joylashgan 163-uy oldida haydovchi, 1993 yilda tug`ilgan N.Q. “Gaz-53” rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, yo`lning qatnov qismiga yugurib chiqqan piyoda, voyaga etmagan, 2014 yilda tug`ilgan M.O.ni urib yuborib, YTH sodir etgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Natijada, 6 yashar M.O. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini, ota-onalar o`z farzandlariga e`tiborli bo`lishlarini, avtomobil yo`llarida yolg`iz harakatlanishga ruxsat bermasliklarini so`rab qolamiz.






