Andijon viloyati hokimining o`rinbosari, mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig`i lavozimiga Baltabaev Shakirjon Mamajonovich tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi ma`lum qildi.
Tayinlovga qadar Baltabaev Shakirjon Mamajonovich, Andijon viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari Birlashmasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Andijon viloyati hokimligi Baltabaev Shakirjon Mamajonovichni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilab qoladi.






