AsosiyJinoyat

Mobil qurilmalarni Uz IMEI tizimida noqonuniy ro`yxatdan o`tkazish bilan shug`ullanuvchi jinoiy guruh qo`lga olindi

'Mobil qurilmalarni Uz IMEI tizimida noqonuniy ro`yxatdan o`tkazish bilan shug`ullanuvchi jinoiy guruh qo`lga olindi'ning rasmi

Bojxonachilar mobil qurilmalarni Uz IMEI tizimidan noqonuniy ro`yxatdan o`tkazish bilan shug`ullanuvchi jinoiy guruhni fosh etishdi

Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar berishicha, so`ngi vaqtlarda mobil qurilmalarni Uz IMEI tizimidan ro`yxatdan o`tkazish bilan bog`liq muammoli holatlar ijtimoiy tarmoqlarda dolzarb mavzuga aylandi.

Ushbu muammoli masala yuzasidan boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar qatorida Davlat bojxona qo`mitasi tomonidan ham bir qator choralar amalga oshirildi.

Olib borilgan tadbirlar natijasida ro`yxatdan o`tmagan mobil qurilmalarni O`zbekiston Davlat chegarasi orqali harakatlangan fuqarolarning nomlariga noqonuniy yo`llar bilan ro`yxatga qo`yish, shaxslarga doir ma`lumotlarni qonunga xilof ravishda yig`ib, saqlab, ulardan g`arazli niyatlarda foydalanib kelayotgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi.

Aniqlanishicha, O`zbekiston fuqarosi O.A. sheriklari M.B. va T.R.lar bilan tuzgan o`zaro jinoiy rejaga ko`ra qo`shni davlatlarga o`tishib, u erda O`zbekistonga kirib kelayotgan O`zbekiston fuqarolarining pasport ma`lumotlarini telefon yordamida rasmga tushirib, “Telegram” ijtimoiy tarmog`i orqali yuborib, belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilmagan mobil qurilmalarni Uz IMEI tizimi orqali ushbu fuqarolar nomiga ro`yxatdan o`tkazish bilan shug`ullanib kelishgan.

Birgina fuqaro B.M.ning uyali aloqa vositasi ko`zdan kechirilganida, telefon xotirasida O`zbekiston fuqarolarining 200 ga yaqin pasport rasmlari borligi, u ushbu pasport ma`lumotlarni yig`ib, jinoiy sherigi O.A.ga etkazib berganligi uchun har bir pasportga 5 AQSh dollardan haq olganligi ma`lum bo`ldi.

Mazkur xolat yuzasidan Davlat bojxona qo`mitasi tomonidan Jinoyat kodeksining 141-2-moddasining 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov organiga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar