AsosiyJamiyat

149 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi

'149 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi xabariga ko`ra, 2020 yil 9 sentyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 44 930 (+149) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 81 nafari Toshkent viloyatida, 36 nafari Toshkent shahrida, 30 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 2 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 59 yoshli U.T. (erkak) hamda Chirchiq shahrida yashagan 55 yoshli G`.D. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 188 nafar, Toshkent viloyatida 98 nafar, Samarqand viloyatida 9 nafar, Namangan viloyatida 8 nafar, Farg`ona viloyatida 5 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Andijon viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 42 212 (+314) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 352 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar