AsosiyJamiyat

"14 sentyabr kuni emas, vaziyatga qarab kechroq topshirilishi ham mumkin". 1-sinflarga "Prezident sovg`asi"ni berish tartibi ma`lum qilindi

'"14 sentyabr kuni emas, vaziyatga qarab kechroq topshirilishi ham mumkin". 1-sinflarga "Prezident sovg`asi"ni berish tartibi ma`lum qilindi'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, 14 sentyabr kuni 650 mingga yaqin o`quvchiga “Prezident sovg`asi” topshirilishi rejalashtirilgan edi.

Respublikamizda pandemiya sharoitini hisobga olib maktablarda yangi o`quv yili gibrid tarzda tashkil etilishi hamda maktablarning tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib, bosqichma-bosqich ochilishi belgilandi.  

2020-2021 o`quv yilining birinchi kuni 14 sentyabr etib belgilangan bo`lsada, maktablar sanitariya-gigiena talablariga javob berishiga qarab, sanitariya epidemiologiya va osoyishtalik markazi xulosalariga ko`ra mahalliy Kengashlarning qarori asosida ochiladi.

Maktabda o`quvchilar va ota-onalarning to`planib qolishlarning oldini olish maqsadida maktab ma`muriyati “Prezident sovg`alari”ni tarqatishni bosqichma-bosqich tashkil etishi mumkin. Ya`ni, “Prezident sovg`alari” aynan 14 sentyabr kuni emas, vaziyatga qarab, ba`zi maktablar kechroq ochilsa kechroq topshirilishi mumkin, deya ma`lum qilmoqda Xalq ta`limi vazirligi.

    Boshqa yangiliklar