AsosiyJamiyat

Voyaga etmaganlar orasida qaysi yoshdagilar COVID-19ga chalinishga eng ko`p moyil bo`lishi ma`lum qilindi

'Voyaga etmaganlar orasida qaysi yoshdagilar COVID-19ga chalinishga eng ko`p moyil bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Voyaga etmaganlar orasida 6-7 yoshdagi bolalar COVID-19ga chalinishi eng yuqori moyillikda deb baholanadi. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nargiza Nurullaeva ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, koronavirus infeksiyasi rivojlanish xavfi  quyidagi bolalarda kuzatilishi mumkin:

➖tana vazni kam bo`lgan;

➖ raxit;

➖ temir tanqisligi -kamqonlik;

➖ bronxial astmadan aziyat chekuvchilar;

➖ tug`ma yurak nuksonlari mavjud bo`lganlar;

➖ endokrin tizimi va siydik ajratish tizimi kasalliklarida;

➖ onkologik kasalliklarda;

➖ turli genezli immunodefisit xolatlarda.

Agar sizning farzandingizda yuqorida keltirilgan holatlar mavjud bo`lsa, darslarni onlayn o`zlashtirish tavsiya etiladi, deydi mutaxassis.

 

    Boshqa yangiliklar