1

Qoraqalpog`iston Respublikasida bir kunda 10 ga yaqin oilaviy mehmon uyi ochildi

Jamiyat 10.09.2020, 12:33
Qoraqalpog`iston Respublikasida bir kunda 10 ga yaqin oilaviy mehmon uyi ochildi

Qoraqalpog`iston Respublikasi, Ellikqal`a tumanining “Guldursin hamda “Sahtiyon” MFYlari hamda Chimboy tumanining “Temir jol guzar” MFYlarida O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, mahalliy hokimlik, tuman davlat xizmatlari markazi, tuman soliq inspeksiyasi vakillaridan iborat ishchi guruh 10 nafarga yaqin oilaviy mehmon uylari egalarini yakka tartibdagi tadbirkorlik sifatida ro`yxatdan o`tkazdi va Oilaviy mehmon uylari yagona reestriga kiritdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi xabar bermoqda.

Ularga tegishli guvohnomalar topshirildi. Endi ushbu mahallalarda yashovchi oilaviy mehmon uylari egalari o`z mehmon uylarida sayyohlarni qonuniy tartibda qabul qilishlari mumkin bo`ladi. Mazkur mahallalarda oilaviy mehmon uylarining ochilishi mahalliy aholi bandligini ta`minlash hamda ichki turizmni rivojlantirish yo`lida xizmat qiladi. Ta`kidlash joizki, bu ishlar Prezidentning 2019 yil 13 avgustdagi  “O`zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 5781-son farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi 631-sonli qarori ijrosini ta`minlash doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi ishchi guruhi tomonidan olib borilgan targ`ibot-tashviqot ishlari natijasidir. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1