AsosiyJamiyat

“O`zbekkino” Milliy agentligida “Cinema Days-2020” kino kunlari doirasida “Hujjatli kino kuni” bo`lib o`tdi

'“O`zbekkino” Milliy agentligida “Cinema Days-2020” kino kunlari doirasida “Hujjatli kino kuni” bo`lib o`tdi'ning rasmi

“O`zbekkino” Milliy agentligida “Cinema Days-2020” kino kunlari doirasida “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan joriy yilning 9 sentyabr kuni “Hujjatli kino kuni” bo`lib o`tdi.  

Tadbirda hujjatli kino ijodkorlarini taqdirlash marosimi hamda “Film chizayotgan musavvir”, “Ma`rifatga baxshida umr” hujjatli filmlarining taqdimoti o`tkazildi. Shu bilan birga, “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tarixi haqida ishlangan maxsus videorolik hamda 2020 yilda suratga olingan filmlarning qisqacha anonslari namoyish etildi.  

Tadbir avvalida seminar o`tkazildi.  Seminarda “O`zbekkino” MA Bosh direktori F.Abduxaliqov, “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK direktori B.Adilov, Badiiy rahbar D.Shokirov, rejissyorlar Sh.Mahmudov, H.Valiev, M.Odilovlar so`zga chiqishdi.  

“O`zbekkino” MA hujjatli filmlarni kino san`atining eng yorqin turlaridan biri sifatida rivojlantirishni, shu jumladan, mahalliy kinoxronika maktabining tarixiy shon-shuhratini tiklashni niyat qilgan. 2020 yilda umumiy qiymati 8 mlrd so`mlik 30 ta hujjatli film ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan, shu o`rinda 2019 yilda 2 mlrd so`m mablag` hisobiga 13 ta film ishlab chiqarilganini qayd etish joiz. Bundan tashqari, qo`shimcha investisiya jalb qilgan holda, 5,5 mlrd so`mlik 20 ta film yaratish rejalashtirilgan. “O`zbekkino” MA ishlab chiqarish jarayonida jami 13,5 milliard so`m byudjetli 50 ta hujjatli filmlar mavjud.

Bo`lib o`tgan “Hujjatli kino kuni” ham sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma`lumot berish, ijodkorlarni qo`llab-quvvatlash va hujjatli filmlar bo`yicha jamoatchilik fikrini o`rganish uchun uyushtirildi.

 

    Boshqa yangiliklar