AsosiyJamiyat

Bulung`urda bir asrdan oshgan daraxtlar davlat muhofazasiga olindi

'Bulung`urda bir asrdan oshgan daraxtlar davlat muhofazasiga olindi'ning rasmi

Samarqand viloyatining Bulung`ur tumanida 100 yoshdan oshgan daraxt va butalarni aniqlash hamda davlat muhofazasiga olish borasida tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda qiloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar qiladi.

Jumladan, Xo`jamazgil mahallasi Farmontepa qishlog`idagi 41-umumiy o`rta ta`lim maktabi hududida 115 yoshga kirgan qatrong`i daraxti va maktab atrofidagi 11 ta 100 yoshdan oshgan tut daraxtlari borligi aniqlandi. Soha mutaxassislari tomonidan ushbu daraxtlar alohida muhofazaga olinib, mahalliy aholi o`rtasida ularni asrab-avaylash kerakligi to`g`risida tushuntirishlar olib borildi.

    Boshqa yangiliklar