AsosiyJamiyat

Sirdaryoda qo`shmachilik va odam savdosi bilan shug`ullanuvchi ayol qo`lga olindi

'Sirdaryoda qo`shmachilik va odam savdosi bilan shug`ullanuvchi ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Shirin shahrida qo`shmachilik va odam savdosini o`ziga kasb qilib olgan ayol qo`lga olindi, deya xabar bermoqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati.

Ma`lum qilinishicha, Sirdaryo viloyati IIB TEQKB va Shirin shahar IIB xodimlari tomonidan Shirin shahar hududida tezkor tadbir o`tkazilgan. Tadbir davomida Shirin shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.R tomonidan joriy yilning 9 sentyabr kuni, Boyovut tumanida yashovchi fuqaro Q.H ni majburiy tartibda jinsiy aloqa qilishga majburlaydi. Qo`shmachi ayol tadbirda mijoz sifatida ishtirok etgan Guliston tumanida yashovchi S.Sh dan 5 dona 100.000 so`m kupyuradagi jami 500.000 so`m miqdordagi pullarni olayotgan vaqtda qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Shirin shahar IIB Tergov guruhi tomonidan fuqaro A.R ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar