1

Dam olish kunlari Qozog`istondagi siklon respublikamizning sharqiy tumanlari ob-havosiga ta`sir ko`rsatadi

Jamiyat 11.09.2020, 13:31
Dam olish kunlari Qozog`istondagi siklon respublikamizning sharqiy tumanlari ob-havosiga ta`sir ko`rsatadi

O`zgidromet ma`lum qilishicha, bugun va ertaga O`zbekiston hududi g`arbiy havo oqimlari ta`sirida bo`ladi. Janubiy Qozoqiston hududi ustida joylashgan balandlikdagi siklon respublikamizning sharqiy tumanlariga ta`sir ko`rsatadi.

 Bunday sinoptik vaziyat natijasida bugun Toshkent viloyatining ayrim joylariga qisqa muddatli yomg`ir, tog`oldi va tog`li tumanlarda momaqaldiroqli yomg`ir yog`ishi mumkin. Kunduzi harorat 27-32 daraja atrofida bo`ladi.

Ertaga yomg`irli va momaqaldiroqli ob-havo faqat tog`oldi va tog`li tumanlarda saqlanib turadi. Respublikaning qolgan joylarida yog`ingarchilik bo`lmaydi.

Yakshanba kuni mamlakatimiz hududi ustidagi janubi-g`arbiy oqimlar ob-havoning yog`ingarchiliksiz bo`lishini belgilaydi.

Dam olish kunlarida harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja issiq  atrofida bo`ladi. Bunday harorat iqlimiy me`yordan ozgina – 1-2 darajaga pastdir, deb ma`lumot berishmoqda sinoptiklar.

Ertaga respublika bo`ylab quyidagi ob-havo kutilmoqda: 

TOShKENT ShAHRI
 

Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-16°, kunduzi 28-30° bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo`ladi.

 

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo`ladi.

 

TOShKENT, SIRDARYo, SAMARQAND, JIZZAX VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo`ladi.

 

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° bo`ladi.

 

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo`ladi.

 

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, tog` oldi va tog` hududlarda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1