Energetika vazirligi maxsus shtabi iste`molchilarni 2020—2021 yillarda kuz-qish mavsumida elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ko`mir mahsulotlari bilan ta`minlash ishlarini tahlil qilish maqsadida vodiy viloyatlarida bo`ldi
Bu haqda vazirlik axborot xizmati quyidagilarni ma`lum qildi.
2020—2021 yillar kuz-qish mavsumida:
Andijon viloyati iste`molchilariga:
▫️tabiiy gaz 5,4 foizga;
▫️suyultirilgan gaz 70,8 foizga;
▫️elektr energiyasi 10,5 foizga oshiriladi.
Farg`ona viloyati iste`molchilariga:
▫️tabiiy gaz 16,4 foizga;
▫️suyultirilgan gaz 48,6 foizga;
▫️elektr energiyasi 11,2 foizga oshiriladi.
Namangan viloyati iste`molchilariga:
▫️tabiiy gaz 23,6 foizga;
▫️suyultirilgan gaz 52 foizga;
▫️elektr energiyasi 10,8 foizga oshiriladi.






