AsosiyJamiyat

Samarqandda poezd quloqchin taqqan bolani urib ketmaslik uchun favqulodda to`xtashga majbur bo`ldi

'Samarqandda poezd quloqchin taqqan bolani urib ketmaslik uchun favqulodda to`xtashga majbur bo`ldi'ning rasmi

 6 sentyabr kuni soat 06:43 larda Maroqand–Tinchlik yo`nalishidagi yuk poezdi Kattaqo`rg`on–Zirabuloq temir yo`l bekatlarining 4-piketida harakatlanib ketayotganida favqulodda to`xtashni amalga oshiradi.

Kattaqo`rg`on shahar «Yakkabog`» mahallasida yashovchi voyaga etmagan R.F. temir yo`l izlari ichida quloqchin taqib ketayotganida orqa tomondan kelayotgan yuk poezdining signal berishini eshitmaydi.

Oqibatda poezd ushbu voyaga etmagan shaxsni urib yubormaslik uchun favqulotda tormoz berib, qiyinchilik bilan to`xtashga majbur bo`ladi. Poezd 15 daqiqadan so`ng o`z yo`nalishi bo`yicha harakatni davom ettirgan.

Holat mahalla va ta`lim muassasida muhokama etilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar