“Yo`lqurilish” aksiyadorlik jamiyatiga Erniyazov Ruslan Muptullaevich boshqaruv raisi etib tayinlandi.
Agentlik axborot xizmati xabar berishicha, yagona aksiyadorning qarori bilan jamiyat kuzatuv kengashi tarkibi ham tasdiqlandi:
Bekenov Sunatulla Xusanovich – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori;
Nazarov Shuhrat Baxtiyorovich – Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo`llari qo`mitasi raisi o`rinbosari;
Xolmurodov Nozimjon Qosimovich – Investisiyalar va tashqi savdo vazirining o`rinbosari;
Abidov Akmal Djurabaevich – Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi;
Arzikulov Nodir Shodievich – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi departament boshlig`i.
Eslatib o`tamiz, Prezidentning 2019 yil dekabrdagi tegishli hujjatlariga ko`ra, “Yo`lqurilish” AJ tashkil etilgan. Uning yagona aksiyadori sifatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi belgilangan.






