AsosiyJamiyat

Muzrabotda hashar yo`li bilan qurilgan yangi masjid ochildi

'Muzrabotda hashar yo`li bilan qurilgan yangi masjid ochildi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida «Do`stmuhammad bobo» jome` masjidining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Unda viloyat bosh imomi Sayyid Aliakbarxon Sayfiddinov, Yunusobod tumani bosh imom xatibi Sayyid Rahmatulloh Termiziy ishtirok etdi va masjidning yangi binosi ochilishi bilan muborakbod etdi.

Masjidda ilk juma namozi o`qilib, uning qurilishiga hissa qo`shganlar haqqiga duo qilindi.

Ma`lumot berilishicha, ushbu masjid ikki yarim yildan ziyod vaqt davomida, xalq hashari yo`li bilan qurilgan. 1500 kishilik sig`imli jome masjidga mamlakatimizdagi vohalik olim, marhum Do`stmuhammad Oxun domlaning nomi berilgan.

    Boshqa yangiliklar