AsosiyJamiyat

Toshkentda fuqaro kulrang “Mercedes-Benz”ni qoraga bo`yab pullamoqchi bo`ldi

'Toshkentda fuqaro kulrang “Mercedes-Benz”ni qoraga bo`yab pullamoqchi bo`ldi'ning rasmi

Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari Toshkent shahri hududida tezkor tadbir o`tkazdi.

Tadbir davomida fuqaro U.B. qo`shni davlat fuqarosi U.J. tomonidan majburiyatnoma asosida qaytarib olib chiqib ketish sharti bilan olib kirilgan, qiymati 300 million so`mlik kulrang “Mercedes-Benz E 350” rusumli avtoulovni o`zboshimchalik bilan rangini qora rangga o`zgartirib, noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtida qo`lga olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatalari davom ettirilmoqda. Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar qildi.

    Boshqa yangiliklar