AsosiyJamiyat

Yangiyo`lda kadastr xizmati xodimi 13 500 dollar pora olayotgan vaqtida ushlandi

'Yangiyo`lda kadastr xizmati xodimi 13 500 dollar pora olayotgan vaqtida ushlandi'ning rasmi

Yangiyo`l tumani kadastr xizmati xodimi 27 sotix erni har bir sotixi 500 AQSh dollaridan jami 13 500 AQSh dollarga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berdi. 

Shu yilning 8 sentyabr kuni fuqaro M.A. viloyat IIBBga ariza bilan murojaat qilgan. Yozilishicha, u fuqarolarga ajratilayotgan erlar bo`lsa, qonuniy sotib olish, uy-joy qilish maqsadida Toshkent viloyati er tuzish va ko`chmas mulk kadastri Yangiyo`l tumani filialiga murojaat qilgan. Filialda turar joy mutaxassisi lavozimida ishlovchi I.N. hozirgi kunda shudgor qilinib tayyorlangan erlarning xar bir sotixi 500 AQSh dollar ekanini, 27 sotix tayyorlangan erni jami 13 500 AQSh dollariga sotmoqchiligini aytgan.

Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbir natijasida, Toshkent viloyati er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Toshkent viloyati er tuzish va ko`chmas mulk kadastri davlat korxonasi Yangiyo`l tumani filialida turar joy mutaxassisi lavozimida ishlovchi, 29 yoshli I.N. fuqarodan kelishilgan pullarni olayotgan vaqtida xolislar ishtirokida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro I.N. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-modda 3 qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar